Durdieva Gavxar Salaevna
25.02.1961 yil, Xorazm viloyati Xiva shahri
Oliy, SamDAQI, imtiyozli diplom bilan tugatgan, t.f.n., arx.f.d., professor
G.S.Durdieva Xorazm Ma'mun akademiyasida “Janubiy Orolboʻyi me'moriy obidalarini materiallarini sinash va ta'mirlash” laboratoriyasi mudirasi.
U Orolboʻyi mintaqasida tarixiy me'moriy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash boʻyicha etuk mutaxassis.
G.S.Durdieva rahbarligida 12 ilmiy grantlar (amaliy, innovasiya, OʻzR FAning fundamaental loyihalarni qoʻllab-quvvatlash Fondi) bajarilgan va tadqiqotlar natijasiga koʻra 2000-2024-yillar davomida 10 ta sertifikatov (patentlar, ma'lumotlar bazasiga, mualliflik guvohnomalari) OʻzR intellektual mulk Agentligidan olingan.
«Xiva shahridagi Ichan-Qal'a me'moriy obidalarining monitoringini olib borish va ular boʻyicha ma'lumotlar bazasini yaratish» mavzusidagi ID-4-3 shifrli innovasiya granti doirasida – respublika miqyosida ilk bora Xiva me'moriy obidalari boʻyicha “Ma'lumotlar bazasi” yaratildi, (98 ta) obidalarning texnik holatlari boʻyicha pasportlari ishlab chiqildi. Me'moriy yodgorliklarga boʻlgan ushbu innovasion yondoshuv YuNESKO tomonidan e'tirof qilingan (G.S.Durdievaga 2017-yil 28-martdagi CM-FO-TAS-2017-002926 raqamli tashakkurnomasi yuborilgan), ya'ni - BGU №00294 raqamli “Xiva shahridagi “Ichan Qal'a“ muzey qoʻriqxonasidagi tarixiy obidalar boʻyicha ma'lumotlar bazasi”dan xorijiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan.
G.S.Durdieva 2017-yil “YIL AYOLI-2017” Milliy tanlovining Respublika bosqichida “Yilning Eng bilimli ayoli” nominasiyasi va “IXTIROCHI AYOLLAR” 100 ta innovasiya loyihasi”ning ham gʻolibasi boʻldi. Shuningdek, G.Durdieva 2020-yilda IKOMOS (National Committee of ICOMOS) “Mejdunarodniy sovet po soxraneniyu pamyatnikov i dostoprimechatelnix mest” tashkiloti a'zoligiga saylandi.
Hozirda, G.S.Durdieva “Xiva shahridagi 1000 yillik tarixga ega “Yogʻoch muzey” - Juma Masjidini saqlash va ta'mirlashda innovasion yondoshuv” mavzusidagi xalqaro loyiha YUNESKOning Germaniyadagi “Heritage City in Quedlinburg” ta'mirlash markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
