Aziza Baxtiyarovna Abdikamalova
Kimyo fanlari doktori, professor Aziza Baxtiyarovna Abdikamalova 1984-yil 18-oktyabrda Nukus shahri, Qoraqalpogʻistonda tugʻilgan. U 2005-yilda Qoraqalpogʻiston davlat universitetini "Kimyo" mutaxassisligi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan. Hozirgi vaqtda Aziza Baxtiyarovna O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi laboratoriyasida bosh ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning asosiy ilmiy qiziqishlari adsorbsiya, adsorbsion jarayonlar va dispers tizimlardagi tuzilish hosil bo’lishidir.
Abdikamalova kolloid kimyo boʻyicha doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va Scopus hamda Web of Science bazalarida indeksasiyalangan nufuzli xalqaro jurnallarda bir nechta maqolalar chop etgan. U birta ixtiro va birta foydali model muallifi hisoblanadi, shuningdek oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanmalari va oʻquv-metodik majmualari muallifi. Aziza Baxtiyarovna toʻrtta PhD va bir DSc dissertasiyasini himoya qilishda rahbarlik qilgan. U, shuningdek, faol redaksion faoliyat yuritib, Scopus bazasida indeksasiyalangan "Journal of Polymer Research" ilmiy jurnalining redaksion menejeri lavozimida ishlamoqda.
Soʻnggi uch yilda Abdikamalova 120 dan ortiq ilmiy ishlarni, jumladan Scopus va Web of Science bazalarida indeksasiyalangan 13 ta ilmiy maqolalarni chop etgan. U Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining amaliy loyihalarida va institutning byudjet mavzulari boʻyicha, jumladan "Adsorbentlarning sintezi va tahlili: tuzilish, adsorbsion qobiliyat, kinetika va adsorbsiya termodinamikasi o’rtasidagi munosabatlar" mavzusida faol ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, у ilm-fan va ta’lim sohasidagi yutuqlarga bagʻishlangan tadbirlarda faol ishtirok etib, oʻz hamkasblariga namuna boʻlib kelmoqda.
