Axmedova Zaxro Raxmatovna
Biologiya fanlari doktori, professor
OʻzR FA Mikrobiologiya Instituti «Tabiatni muxofaza kilish biotexnologiyalari» laboratoriyasi mudiri, Mexnat shuxrati» ordeni (2018-yil), Respublika «Olima ayollar eng yaxshi 100 ta innovatsion texnologiyalari» Respublika kurik tanlovining sovrindori (2019), «2020-yil Olima ayoli», Mustakillikning 31-yilligi kukrak nishoni soxibasi (2022 yil),
Prof. Z.R.Axmedova 08.04. 1955-yili tug‘ilgan. 1976-yili Toshkent Davlat Universitetini tamomlagandan buyon OʻzR FA Mikrobiologiya institutida ishlab kelmokda. 1977-1978-yillari A.N.Bax nomidagi Rossiya FA Biokimyo va 1989-1994-yillarda Skryabin nomidagi Mikroorganizmlar fiziologiyasi va biokimyosi institutlarida nomzodlik va dokorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ishlar olib borgan. 1984-yili nomzodlik, 1999-yili doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan. 2007-yili professor ilmiy unvonini olgan.
Ilmiy faoliyatining dastlabki boskichida Z.R. Axmedova tarafidan dunyo miqyosida ilk bora mikrobiologik oqsil+oqsil o‘zaro ta’siri, munosabatlari urganilgan xamda bazidial zamburuglar tarafidan veratril-alkogol-oksidaza fermenti xosil bulishi ochib berilgan.
2021-2022 yillari uning bevosita raxbarligida yaratilgan “Mikrozim” seriyali enzimli organik ugit-biostimulyator Tojiksiton Respublikasida “Organik paxta” yetishtirish uchun eksport kilingan va ilk bora organik dexkonchilikni tashkil kilishda, mineral ugitlar va pestitsidlarsiz mul va sifatli, bioxavfsiz maxsulot tayyorlangan.
Uning bevosita rahbarligi ostida 11 nafar fan nomzodi tayorlangan, hozirda 5 nafar falsafa va 2-nafar fan doktori ilmiy ishlariga raxbarlik kilmokda. Prof. Z.R. Axmedova jami 550 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3- ta o‘quv qo‘llanma, 4- ta monografiya, 2 -ta darslik, 6 ixtiro patenti muallifi, 170 dan ortiq ilmiy ishlari nufuzli xorijiy jurnallar, Scoups va Web of science bazalariga kiruvchi jurnallarda chop etilgan, xalkaro platformada yukori Xirsh indeksiga ega.
Prof. Z.R.Axmedova Respublikamizning “Maxoratli pedagog”, Ekologiya xabarnomasi” va Xalkaro “American Journal of Interdisciplinary Research and Development” jurnallarining redkollegiya a’zosi sifatida faoliyat yurgizib kelmokda.
Z.R.Axmedova mustakillik yillaridan buyon 10-dan ortik (fundamental, amaliy, innovatsion, startap) loyixalarga rahbarlik kilgan. Mikrobiologiya, biokimyo, biotexnologiya, ekologiya, atrof-muxit ximoyasi bo‘yicha yirik mutaxassis, nufuzli olimadir.
Uning asosiy ilmiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, tibbiyot, farmatsevtika tarmoqlarini biologizatsiya yo‘nalishiga o‘tkazish, inson salomatligini saklashda bioxavfsizlikni ta’minlash, kimyoviy vositalar, mineral o‘g‘itlar sarfini kamaytirish yoki batamom voz kechish, atrof-muxit himoyasi va ekomuvozanatni saqlash, mikroorganizmlardan noyob biologik moddalar olish, ishlab chiqarish va amaliyotga keng tatbiq etishdan iboratdir.
