Asilbekova Daniya Tolimbekovna
Tug‘ilgan yili va joyi: 26.08.1956 y., Toshkent viloyati
Ma’lumoti: Oliy, kimyo fanlari doktori (DSc)
U faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy yo‘nalish: O‘zbekiston va O‘rta Osiyo florasi o‘simliklarining lipidlari va efir moylarini o‘rganish.
Fandagi yutuqlari: 130 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi, ulardan 45 tasi Scopus va Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritilgan jurnallarda chop etilgan. “Lipids, Lipophilic components and Essential Oils from Plant Sources” (Eds: Shakhnoza Azimova, Anna I. Glushenkova 2011, Springer, USA)” maʼlumotnomasiga kiritilgan 4 ta boʻlim muallifi va ikkita patent hammuallifi.
Amaldagi loyihalari/ilmiy ishlari: Apiaceae va Lamiaceae oilasiga mansub oʻsimliklarning triatsilglitserollari, yogʻ kislotalari va efir moylari profili, tuzilishi va tarkibini aniqlash, Oʻsimlik moylari va lipofil moddalarini tahlil qilish, ular asosida oziq-ovqat mahsulotlari, farmatsevtika va kosmetika sanoatida foydalanish uchun fitokompozitsiyalar yaratish.
Ilmiy muassasada ijtimoiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi ilmiy daraja byeruvchi DSc 02.30.01.2020.K/T.104.01- raqamli ilmiy kengashning ilmiy seminari a’zosi.
