Alimjanova Xolisxon Alimjanovna
1948-yilning 15-aprelida Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek.
Oliy, Fargʻona davlat pedagogika instituti, biologiya fanlari doktori, professor.
Uning ilniy tadqiqot izlanishlari jarayonida shahsan oʻzi va uning ilmiy rahbarligida shogirdlari bilan birga O’rta Osiyo suv havzalari algoflorasi oʻrganildi, jumladan: Oʻzbekiston suv havzalari algoflorasi (Qoraqalpogʻizton suv havzalari – koʻllari va suvomborlari algoflorasi; Fargʻona vodiysi suv havzalari va tuproqlari algoflorasi va ekologoyasi, Zarafshon, Sangzor, Qashqadaryo, Surhondaryo algoflorasi (daryolari, kanallar, suvomborlar, koʻllar), Janubiy Qirgʻiziston va Janubiy Qozogʻiston suv havzalari algoflorasi (daryolar, kanallar, koʻllar, buloqlar, suvomborlar, sholipoyalar, baliqchilik hovuzlari, oqava suvlarni tozalash inshootlari va boshqalar), algofloradagi turlar bioxilma-xilligini, geografik tarqalishi, ekologiyasi oʻrganildi, flora-sistematik va qiyosiy tahlili amalga oshirildi, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston Tabiatidagi suvoʻtlarining davriy inventarizatsiyasi joriy qilindi va amalga oshirildi, suv havzalaridagi suvoʻtlar turlari bioxilma-xilligining flora-sistematik roʻyxatlari tuzildi; Oʻzbekiston suv oʻtlari florasi va Oʻrta Osiyo suv havzalari uchun yangi turlar topildi va qayd etildi;
Olima tomonidan ilk marotaba Oʻrta Osiyoda hozirgi zamondagi suv havzalar suvlari sifatiga va undagi gidrobiontlar xilma-xilligiga, turlar soni va sifatiga ekologik omillarning ta’siri oʻrganildi, jumladan suvoʻtlar florasiga abiotic (global iqlim oʻzgarishi), biotik (suvoʻtlar turlarining oʻzaro ta’siri va suvoʻtlar bilan xayvonlarning bir-biriga ta’siri), antropogen (inson faoliyati, suvning gidrokimyoviy tarkibi va uning miqdori ruxsat etilgan me’yor (REM) dan ortib, suv ifloslanishini ortishi, fizik, mexanik omillarning suvoʻtlariga va suv sifatiga ekologik ta’siri oʻrganildi. Suvni ifloslanish darajasi va suvoʻtlari turlar bioxilma-xilligi, ular sonining kamayishi, ba’zi turlarning hayoti havf ostida qolayotganligi aniqlandi. Progressiv va regressive, yoʻqolish havfi ostidagi turlar belgilandi. Unga chora-talbirlar ichlab chiqildi. Istiqbolli turlar oʻrganildi va amaliyotga foydalanishga tafsiyalar ishlab chiqildi.
Olima tomonidan 55 yil mobaynida “Noyob ob’ekt” davlat dasturi asosida “Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston suv havzalari va tuproqlaridan yigʻilgan noyob suvoʻtlar florasining 4200 dan ziyod namunalari asosida “Suv havzalari va tuproq suvoʻtlari florasi - algologik namunalar kollektsiyasi” tashkil etildi va suv havzalaridan ajratib olingan 3 ta (Cyanophyta, Chlorophyta, Euglenophyta) bo’limga mansub 15 turdan iborat 300 nusxalarda “Algologik - tirik toza kul’turalar kollektsiyasi” ham tashkil etildi.
X.А.Аlimjanova 10 dan ziyod monografiya, ilmiy-uslubiy qo’llanmalar, 22 dan ziyod oʻquv – uslubiy qoʻllanmalar, 500 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir. 45 ta maqola horijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan.
44 ta bakolavr malakaviy bitiruv diplom ishiga hamda 25 ta magistr akademik diplom ishiga ilmiy rahbarlik qilib, ularni tayyorlagan.
Ilmiy va oʻquv muassasalarga 2 ta fan nomzodi, 7 ta biologiya fanlari boʻyicha falsafa doctorlari tayyorlagan. Shulardan bittasi biologiya fanlari nomzodi Qirgʻiziston respublikasi uchun tayyorlab brilgan.
