Akramova Firuza Djalaliddinovna
11.03.1976 y., Toshkent
Oliy ma’lumotli,
Toshkent davlat universiteti
Biologiya, zoologiya, parazitologiya.
Sestodalar, Trematodalar, Akantotsefallar, Nematodalar va ektoparazitlar faunistik komplekslarining shakllanishi va o‘zgarish yo‘nalishlari, «parazit – xo‘jayin» tizimining shakllanish yo‘llari, keng tarqalgan turlar populyatsiyasining moslashuv mexanizmlari va ularning hayvonlar patologiyasidagi o‘rni bo‘yicha muhim fundamental va amaliy natijalar qo‘lga kiritilgan. Shuningdek, parazitlarning bir qator yuqori taksonlari filogeniyasi va sistematikasi prinsiplari ishlab chiqilgan. Bu natijalar 250 dan ortiq ilmiy nashrlarda o‘z aksini topgan, jumladan, 5 ta monografiya va 12 ta tavsiyanoma. Ilmiy faoliyat doirasida nufuzli xorijiy va xalqaro ilmiy jurnallarda 55 ta ilmiy maqola chop etilgan va 6 ta patent olingan, bu esa olib borilgan tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Shuningdek, 4 nafar falsafa doktori (PhD) va 2 nafar fan doktori (DSc) tayyorlagan. Bundan tashqari, 4 nafar magistrantning ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan va hozirda 2 nafar fan doktor (DSc) talabgor erkin tadqiqotchilarga maslahatchi bo‘lib kelmoqda.
FL – 8323102078 “Markaziy Oʻzbekiston hududida zoonoz kasalliklari qoʻzgatuvchilari va tashuvchilarining populyatsion ekologiyasi”mavzusidagi loyiha rahbari 2024-2027-yy.
Zoologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.B.52.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar rais o‘rinbosari va Ilmiy kengash a’zosi.
