Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna
18.01.1973 y., Namangan shahri
Oliy. Namangan Davlat Universitetini tamomlagan- fizik-kimyogar.
Bioorganik kimyo, tabiiy birikmalar kimyosi, farmatsevtika
Kimyo fanlari doktori, professor. Respublikamizda oʻsuvchi Annacardeaceae, Geraniaceae, Malvaceae, Punicaceae va Euphorbiacea oilasiga kiruvchi oʻsimliklari polifenollari oʻrganilgan, viruslarga qarshi faollikka ega bo’lgan polifenollar aniqlanib, ular 10 mkg/ml konsentratsiyada OIV-1 replikatsiyasini 80% ga bostirishi ma’lum bo’lgan. Ilk bor Euphorbia turkumi oʻsimliklarining 29 turidan 70 dan ortiq, shu jumladan 8 ta yangi modda ajratib olingan, ularning tuzilishlari fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan. Ajratib oliagan moddalar antiradikal, antioksidant, viruslarga qarshi faollikka egaligi topilgan. Euphorbia oʻsimligi tanninlari OIVning samarali ingibitori ekanligi isbotlangan.
Rutan, Gossitan, Getasan, Punitan, Euforbin preparatlari uchun MTHlar ishlab chiqilgan, dori shakllari yaratilgan. Getasan, Euforbin va Punitan OIV-1, Rutan va Gossitan gripp virusiga qarshi yuqori faollik namoyon qilishi aniqlangan. Rutan standart namunasi, substansiyasi va dori shakllari uchun FM tasdiqlangan va SSV tomonidan tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun ruhsat berilgan. 8 ta ixtiroga patent va 1 ta foydali modelga patent muallifi.
АЛ-27-47-22022401 «Mahalliy o‘simliklar Rhus typhina, Pinus sylverstris l., Hippophae rhamnoides l. xomashyosi asosida neyroprotektor xususiyatiga ega yangi dori vositasini yaratish» amaliy loyiha rahbari. Istiqbolli mahalliy oʻsimliklar xomashyosidan polifenollar ajratib olinib, ularning kimyoviy tarkibi aniqlanadi. in vitro va in vivo sharoitda ajratib olingan birikmalarning neyroprotektor ta’siri skrining qilinadi. Eng samarali ta’sirga ega polifenollar tanlab olinib, klinikaoldi sinovlar oʻtkaziladi va farmakotoksikologik hisobot tayyorlanadi. Klinik sinovlarni oʻtkazishga ruxsat olish uchun oʻsimlik xom ashyosi, substansiya va dori shakllariga MTXlar tayyorlanadi.
Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik (PhD) va 8 ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 1 ta doktorlik (DSc) dissertatsiyasining ilmiy maslahatchisi. H-indeksi -9 (Scopus), 40 dan ortiq maqolalari Scopus va Web of Science platformasidagi jurnallarda chop etilgan.
OʻzR FA Bioorganik kimyo instituti Ilmiy Kengashi a’zosi, Bioorganik kimyo instituti qoshidagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.К/В.37/01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi, Bioorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy Seminar ilmiy kotibi.
